» » Terrorchilikda ayblanib, O‘zbekistonda 16 yilga qamalgan Afg‘oniston fuqarosi afv etildi (video)

Terrorchilikda ayblanib, O‘zbekistonda 16 yilga qamalgan Afg‘oniston fuqarosi afv etildi (video)


Afg‘oniston fuqarosi Abdulhamid Muhammad Hasan O‘zbekistonga qarshi qaratilgan jinoiy xatti-harakatlarda ishtirok etganligi uchun 2005-yil MXX tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda “Yoshlar” telekanaliga tayanib, Uz24 xabar berdi.

Terrorchilikda ayblanib ozodlikdan mahrum etilgan Afg’oniston fuqarosi avf etildi. U necha yilga “kesilgandi”.

Terrorchilikda ayblanib ozodlikdan mahrum etilgan Afg’oniston fuqarosi avf etildi. U necha yilga “kesilgandi”.

Geplaatst door Yoshlar tv op Woensdag 12 september 2018

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 30-avgustdagi farmoniga muvofiq Abdulhamid Muhammad Hasan kechirildi va ozodlikka chiqarildi.

Abdulhamid Muhammad Hasan 1977-yil Afg‘oniston Islom Respublikasida tug‘ilgan. U 1998-yildan boshlab Afg‘onistonda Tohir Yo‘ldosh rahbarlik qilgan “O‘zbekiston islom harakati” terroristik tashkilotiga a’zo bo‘lib, uning tarkibida faol ishtirok etib kelgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga qaratilgan fitnada qatnashib, davlat organlari faoliyatiga hamda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga putur yetkazish kabi jinoyatlarni sodir etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют