» » Turkiyada qo‘shiqchi klipidagi pullar sababli Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda

Turkiyada qo‘shiqchi klipidagi pullar sababli Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda


Istanbul prokuraturasi taniqli qo‘shiqchi Mabel Matizga nisbatan tergov olib bormoqda. U Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO muxolifat tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bunga qo‘shiqchining klipidagi bir dollarlik kupyuralar sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq turk siyosatchilari va OAVlari tashkillashtirilishida FETO ayblanayotgan 2016-yil iyul oyidagi davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq turli taxminlarni ilgari surgan. Xabar qilinishicha, Gulenning qo‘lga olingan tarafdorlarida tintuv vaqtida katta miqdorda bir dollarlik kupyuralar topilgan. Go‘yoki kupyuralardagi raqamlar va harflar Gulenning maxfiy tashkilotidagi qo‘lga olinganlar iyerarxiyasi haqida guvohlik bergan.

O‘zining so‘nggi klipida Matiz cho‘ntagidan bir dasta bir dollarlik kupyuralarni olgan va ularni atrofga sochib yuborgan. Hushyor tomoshabinlardan biri qo‘shiqchining FETO faoliyatini targ‘ib qiluvchi shubhali harakatlari haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bergan. Bu xabardan keyin prokuratura tekshiruv boshlagan.

Matizning prokuraturaga ma’lum qilishicha, u klip yordamida Gulen tashkilotini targ‘ibot qilmoqchi bo‘lmagan va klip ssenariysi va montajiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, chunki bu ish bilan boshqa kishilar shug‘ullangan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют