» » Putin Yaponiya bosh vaziriga yil oxiriga qadar tinchlik shartnomasini tuzishni taklif qildi

Putin Yaponiya bosh vaziriga yil oxiriga qadar tinchlik shartnomasini tuzishni taklif qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening tinchlik shartnomasini tuzishga yondoshuvlarni o‘zgartirish haqidagi taklifini qabul qilganligini bildirdi. Bu haqda u Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum plenar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Putin mamlakatlar 70 yildan beri tinchlik shartnomasini imzolashga urinayotgani, Yaponiya parlamenti va SSSR Oliy soveti 1956-yilda ratifikatsiya qilgan deklaratsiya esa bunday shartnoma qisqa muddatda tuzilishini ko‘zda tutishini eslatdi.

“Biz 70 yildan beri muzokaralar olib boryapmiz. Kelinglar, tinchlik shartnomasini imzolaylik, faqat hozir emas, lekin yil oxirigacha. Keyin shu shartnoma asosida bahsli masalalarga yechim izlaymiz. Bu barcha muammolarni hal etishimizni yengillatgan bo‘lardi”, — dedi Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют