» » O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollari o‘rtasida ilk bor biznes forum o‘tkaziladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollari o‘rtasida ilk bor biznes forum o‘tkaziladi


O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi qo‘shnichilik munosabatlari, madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, 13-sentabr kuni Toshkentda Qozog‘iston va O‘zbekiston tadbirkor ayollarining biznes forumi o‘tkaziladi, deb yozadi O‘zA.

Bugun, 12-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Prezident huzuridagi ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdukalikova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ertaga “Poytaxt“ biznes markazida O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkor ayollari o‘rtasida ilk bor biznes forum hamda qo‘shma kooperatsion birja tashkil etiladi va qo‘shma hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Madaniyati, dini va tarixi bir bo‘lgan ikki qo‘shni davlat tadbirkor ayollarining birlashuvi tarixiy voqeadir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют