» » Sayyoradagi eng baxtsiz mamlakat ma’lum bo‘ldi

Sayyoradagi eng baxtsiz mamlakat ma’lum bo‘ldi


Amerikaning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi Gallup instituti ma’lumotlari 2017-yilda dunyo bo‘yicha baxtlilik indeksi so‘nggi o‘n yil ichida eng past darajaga tushganini ko‘rsatmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Jamiyatshunoslar 147 ta mamlakatda katta yoshli kishilardan ular bir kun avval ijobiy hissiyotlarni his qilganligini so‘ragan. Umumiy hisobda 145 mingtadan ortiq intervyu o‘tkazilgan. So‘rovda ishtirok etganlarning 70 foizi baxtni his qilganini, kulganini uoki tabassum qilganini aytgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 2017-yilning natijalari shunday so‘rovlar boshlangan 2006-yildagi kabi yomon chiqqan.

Gallup xodimlarining xulosasiga ko‘ra, dunyodagi eng baxtsiz mamlakat Markaziy Afrika Respublikasi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, mamlakatda davom etayotgan harbiy harakatlar o‘n minglab kishilarni o‘z uylarini tashlab ketishga majbur qilgan. Shuningdek, eng baxtsiz mamlakatlar ro‘yxatidan Janubiy Sudan (55 foiz), Misr (47 foiz) va Eron (45 foiz) o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют