» » TIVda AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Suhbatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15—17-may kunlari AQShga qilgan rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarining hozirgi holati va ularni oshirishning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdodagi ijobiy dinamika qayd etildi. 2018-yilning 8 oyi davomida o‘zaro savdo aylanmasi deyarli 300 million dollarini tashkil etdi. 2017-yilda esa bu ko‘rsatgish 210,2 million dollarga teng bo‘lgan edi. Shu bilan birga mazkur sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi e’tirof etildi va bunga ikki tomonda ham qizilish borligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston—Amerika kun tartibining boshqa masalalari, jumladan mamlakatda Amerika biznes haftaligini o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ham muhokama qilindi.

Suhbatda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют