» » Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini ham g‘alaba bilan boshladi

Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini ham g‘alaba bilan boshladi


Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash boshchilik qilayotgan “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida g‘alabaga erishdi.

Janubiy Koreyada “Seul” klubi mehmoni bo‘lgan xitoyliklar Xalkning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi. Bellashuvda seulliklarning legioner futbolchisi Deyan Damyanovich penaltidan aniq foydalana olmadi. Shuningdek, shanxayliklarning yarim soat davomida bir kishi kam harakat qilgani ham hisobning tenglashishi uchun sabab bo‘la olmadi.

Chempionlar ligasining pley-off o‘yinida “Shanxay SIPG” Tailand klubi darvozasiga 3 ta javobsiz gol urgan bo‘lib, Odil Ahmedov ularning biriga assistentlik qilgandi. Seuldagi bellashuvda ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori 90 daqiqa harakat qildi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Yaponiyaning “Urava Red” klubi Avstraliyada “Vestern Sidney” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Shu boisdan Odil Ahmedov jamoadoshlari 1-turdan keyin guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“F” guruhi. 1-tur
21-fevral, seshanba

Gol: Xalk, 53 (0:1).
Noaniq penalti: Deyan Damyanovich, 60 (S).
Chetlatish: Xe Guan, 59 (Sh).

“Shanxay SIPG”: Yan Junling — Vang Shenchao, Sai Xukang, Vu Ley, Oskar, Elkeson, Xalk, Fu Xuan, Odil Ahmedov, Shi Ke, Xe Guan.

Gollar: Shinzo Koroki, 56 (0:1). Tadanari Li, 58 (0:2). Tomoaki Makino, 67 (0:3). Rafael Silva, 86 (0:4).

Опубликовано: admin (21-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют