» » Qozog‘istonda benzin ko‘payib ketdi. Uni O‘zbekistonga eksport qila boshlashadi

Qozog‘istonda benzin ko‘payib ketdi. Uni O‘zbekistonga eksport qila boshlashadi


Qozog‘iston rahbariyati ortiqcha benzinni qo‘shni mamlakatlarga yubormoqchi, deb yozadi Spot “Delovoy Kazaxstan” nashriga tayanib.

Bugungi kunda mamlakatda ortiqcha benzin hajmi 350 ming tonnaga teng. Bunday holat hatto hali Chimkent neftni qayta ishlash zavodi to‘liq quvvatda ishga tushmagan bir paytda kuzatilmoqda.

“Oktabr-noyabrda yoqilg‘i-moylash materiallarini eksport qilishni boshlash o‘ta muhim, aks holda zavodlardagi maxsus qurilmalarni to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri keladi, bu esa Qozog‘istonga hozirgacha hech qachon bo‘lmagan. Bugungi kunda hatto ikkita modernizatsiya qilingan zavod bizga benzin profitsitini hosil qildi… Agar bu 500 ming tonna bo‘lsa, mamlakat yoqilg‘i bilan to‘lib ketadi”, — dedi Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, benzinning mo‘lligi Qozog‘iston avtomobilga yoqilg‘i quyish stansiyalarida narxlar o‘rtacha 10 tengega tushib ketishiga olib keldi. Ayni paytda mansabdorlar yoqilg‘i-moylash materiallarini Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga sotish haqida bitimlar imzolamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют