» » Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum, raqib amerikalik

Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum, raqib amerikalik


Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 20-oktabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Fazliddinga prof ringdagi 6-jangida Amerika Qo‘shma Shtatlari bokschisi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют