» » Ozbkiston va Qozogiston ayollari ortasida ilk bor bizns forum tashkil etildi

Ozbkiston va Qozogiston ayollari ortasida ilk bor bizns forum tashkil etildi


12-sentabr kuni Qozogiston Respublikasi davlat kotibi, Prezident huzuridagi Ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdikalikova boshchiligidagi delegatsiya Ozbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Ozbekiston xotin-qizlar qomitasi matbuot xizmati Daryoga xabar bermoqda.

Gulshara Naushayeva boshchilik qilayotgan delegatsiya tarkibiga Qozogiston Respublikasi Parlament Majlisining deputat ayollari, Qozogiston ayollar ittifoqi Qozogiston tadbirkorlari jamoatchilik birlashmasi, Qozogiston Madaniyat va sport vazirligi turizm sanoati qomitasi vakillari hamda mamlakatning turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ishbilarmon ayollar kirgan.

Ushbu tashrif doirasi ikki davlat ishbilarmon ayollari ortasida ilk bor Biznes-forum hamda qoshma kooparatsion birja tashkil etilmoqda.

Biznes-forum ayollarning ishbilarmonlik mavqelariga munosib baho berish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarga birgalikda yechim topish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boyicha fikr va tajriba almashish borasida muhim ahamiyatga ega. Biznes-forum Ozbekiston va Qozogiston ayollariga bir-biri bilan yaqindan tanishish, tadbirkorlik sohasidagi innovatsion yangiliklar bilan ortoqlashish hamda biznesni yuritish boyicha konikmalar almashish imkonini beradi. Buning uchun ishtirokchilarga barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.

Otkaziladigan kooperatsion birja esa ana shunday muzokaralar samarasi olaroq yuzaga kelgan hamkorliklar boyicha shartnomalar imzolash imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Tadbir doirasida Ozbekiston xotin-qizlar qomitasi hamda Qozogiston Prezidenti huzuridagi ayollar va oilaviy-demografik siyosat ishlari boyicha Milliy komissiya ortasida hamkorlik memorandumini imzolanadi.

Memorandum tomonlar ortasida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga komak berish, ikki davlat ortasidagi dostona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida imzolanmoqda.

Qozogiston delegatsiyasi tashrifi davomida poytaxtning diqqatga sazovor joylarida va Samarqand shahrida boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-09-2018, 13:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -