» » David Luiz: “Sarrining hayot falsafasi aqlbovar qilmas darajada ajoyib”

David Luiz: “Sarrining hayot falsafasi aqlbovar qilmas darajada ajoyib”


Londonning “Chelsi” klubining braziliyalik himoyachisi David Luiz jamoaning yangi ustozi Mauritsio Sarrining hayot falsafasi va futbolga bo‘lgan munosabati unga ma’qul kelayotgani haqida so‘zladi.

“Avvalosi, Sarri – ajoyib inson. O‘ylashimcha, uning hayot falsafasi aqlbovar qilmas darajada ajoyib, chunki u har kunidan rohat olishga harakat qiladi. U baxtli bo‘lishni istaydi. Shu bois ham Sarri hayotida yangi sahifa ochishni xohlab, “Chelsi”ni qo‘liga oldi. Hayotda muhimi esa o‘zing qilayotgan ishni yoqtirish. Men uning falsafasiga ishonaman. Bundan tashqari, u ajoyib murabbiy. Sarri kichik detallar ustida ham ishlashni yoqtiradi. Unga intensiv hujumkor futbol yoqadi. U har hafta ma’lum raqibga to‘g‘ri keladigan yangi o‘yin rejasini batafsil tuzib oladi. Bu esa hozirda ajoyib tarzda o‘z samarisini berib turibdi”, — deydi Luiz.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” Angliya premyer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida “Kardiff Siti”ni qabul qiladi. Uchrashuv 15-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют