» » Qoraqalpog‘istonda qayta quriladigan va ta’mirlanadigan avtobekatlar ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda qayta quriladigan va ta’mirlanadigan avtobekatlar ma’lum bo‘ldi


Qoraqalpog‘istonda keyingi 5 yil mobaynida aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi respublika bo‘limi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Berdiyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

Mutasaddiga ko‘ra, 2017—2021-yillar davomida Nukus shahridagi “Nukus shimoliy avtovokzali”, “Jiydeli Baysin” avtobekatini qayta qurish, Taxtako‘pir, Chimboy, Mo‘ynoq tumanlaridagi avtobekatlarni esa rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov tomonidan imzolangan “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq amalga oshiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют