» » Shveytsariyaning Credit Suisse banki O‘zbekiston neft va gaz sanoati loyihalarini moliyalashtiradi

Shveytsariyaning Credit Suisse banki O‘zbekiston neft va gaz sanoati loyihalarini moliyalashtiradi


“Sho‘rtangazkimyo” MChJning ishlab chiqarish quvvatlari kengaytiriladi. Shveytsariyaning Credit Suisse banki O‘zbekiston neft va gaz sanoati loyihalarini moliyalashtirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJga tayanib Spot xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 11-sentabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bosh ofisida kompaniya rahbariyati Shveytsariyaning Credit Suisse banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Unda bankning “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtiroki muhokama etilgan.

“Shveytsariya banki vakillari mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan ‘O‘zbekneftgaz’ aksiyadorlik jamiyatining investitsion loyihalarini moliyalashtirishga katta qiziqish bildirayotganlarini alohida ta’kidlab o‘tdi”,— deyiladi xabarda.

Bank vakillarining aytishicha, loyihalarni moliyalashtirish nafaqat tijorat maqsadini ko‘zlaydi, balki Credit Suisse bankining “O‘zbekneftgaz” AJ bilan strategik munosabatlarning o‘rnatilishiga xizmat qiladi. Va ular ushbu hamkorlik uzoq muddatli bo‘lishidan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi neftni qayta ishlash zavodini qurish bo‘yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют