» » Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi

Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi


Yaqin kunlarda Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlab Parij shahrida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlarida ma’lum qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Muloqotda Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Parij Akademiyasi, Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO), Parij xalqaro moda akademiyasi, shuningdek, Fransuz Alyansi kabi sohaga mas’ul asosiy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Parij xalqaro moda akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Voklerning aytishicha, Akademiya delegatsiyasi joriy yilning sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutasaddilari bilan mazkur oliy o‘quv yurti filialini Toshkentda tashkil etish bo‘yicha batafsil muhokamalar o‘tkazilgan.

Tegishli hujjat yaqin kunlarda imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют