» » O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 ta hujjat imzolandi


Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 hujjat imzolandi. 2019—2023-yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo shartnoma va uni amalga oshirish dasturi ular orasida alohida ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, kuni kecha o‘tgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolangani ta’kidlandi.

OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar ochiq va ishonch ruhida o‘tgani, natijalar shunga yarasha mustahkam va keng ko‘lamli bo‘lishini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentining 24 yildan keyingi tashrifi tom ma’noda tarixiy bo‘lgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitganini ta’kidladi.

Tashrif davomidagi muhokamalar O‘zbekiston va Belarusning ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini tasdiqladi. Bu o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlab, uni sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi, dedi davlatimiz rahbari.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют