» » Buxoroda pora berishga uringan fuqarolarni ushlab bergan YPX xodimlari mukofotlandi

Buxoroda pora berishga uringan fuqarolarni ushlab bergan YPX xodimlari mukofotlandi


Buxoro viloyatida o‘tgan haftaning o‘zida uchta pora berish bilan bog‘liq jinoyat qayd qilindi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

4-sentabr kuni Romitan tuman Iftixor mahallasida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro S.I. Buxoro viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektori safdor Zohidjon Hasanovga avtomashina tezligini belgilangan me’yordan oshirganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 50 000 so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Shuningdek, Buxoro shahar 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori leytenant Anvar G‘ulomov xizmat olib borish jarayonida Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan S.A. do‘sti X.Sh.ga tegishli bo‘lgan uyda qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilganligini aniqlagan.

Fuqaroning boshqa bir do‘sti Kogon tumani 1993-yilda tug‘ilgan J.D. esa ushbu holatni qonuniy rasmiylashtirmaslik evaziga profilaktika inspektoriga 200 AQSh dollarini uning xizmat xonasida pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida ushlangan.

Bundan tashqari, 8-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro To‘ychi Atabayev Qorovulbozor tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi—Buxoro” yo‘nalishidagi “A-380” yo‘lda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 4-safarbarlik guruhi inspektori safdor Sh.Hamidovga o‘z boshqaruvida bo‘lgan Mercedes Benz rusumli avtobusda belgilangan yo‘lovchidan ko‘p odam tashib kelayotganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 100 000 so‘mni pora sifatida berayotgan vaqtida ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan pora berishga uringan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Ana shunday hollarda, o‘zining xizmatga bo‘lgan sadoqati tufayli fuqarolarning ‘bozoriga uchmagan’ profilaktika inspektori leytenant Anvar G‘ulomov Buxoro viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan uch million so‘m, shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari safdor Zohidjon Hasanov 500 ming so‘m hamda safdor Sherzod Hamidov 700 ming so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют