» » Toshkent fond birjasi va Freedom Finance investkompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi

Toshkent fond birjasi va Freedom Finance investkompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi


Freedom Finance investitsion kompaniyasi va Toshkent fond birjasi O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar beradi fond birjasi matbuot xizmati.

Freedom Finance IK mamlakatning yetakchi milliy kompaniyalari IPO’sini targ‘ib qilish va aholining moliyavi savodxonligini oshirishga faol ravishda investitsiya kiritadi.

Freedom Finance investitsion kompaniyasi “Toshkent” respublika fond birjasi AJ O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladi.

“Hamkorlarning ishonch bildirishicha, birgalikdagi sa’y-harakatlar mamlakatning har bir fuqarosi fond birjasida investor bo‘la olishiga va millionlab boy amerikaliklar yoki qo‘shni Qozog‘istonning yuz mingdan ortiq aholisi kabi qimmatbaxo qog‘ozlar evaziga daromad olishga erishish uchun asos bo‘la oladi.

O‘zbekistonda hozirda davlat nazorati ostida bo‘lgan dinamik ravishda o‘sib borayotgan kompaniyalarni xususiylashtirish bo‘yicha dasturning ishga tushirilishi kutilmoqda. Mamlakat aholisi, endilikda, nafaqat dividendlarni to‘lash, balki ushbu kompaniyalar aksiyalari kotirovkalarining o‘sishida pul ishlab topishdan boshlab, to yirik milliy korxonalarning egalaridan biriga aylanishgacha bo‘lgan imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

“Biz birjaga yangi emitentlarni jalb etish sohasidagi hamkorlik naqadar zarur ekanligi yaxshi bilamiz. Milliy kompaniyalarga tegishli qimmatbaho qog‘ozlarni birlamchi va ikkilamchi tarqatish borasidagi hamkorlik, va bu orqali aholining moliyaviy savodxonligini oshirish O‘zbekiston fond bozorining rivojlanishiga jiddiy qo‘mak sifatida xizmat qiladi. Biz Qozog‘istondagi ‘xalq IPO’ ijobiy tajribasi, investitsiyalar sohasidagi loyihalarni tashkillashtirishda Freedom Finance’ning tashkiliy imkoniyatlarini hisobga olgan holda xususiylashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan milliy kompaniyalarning aksiyalarini xarid qilish masalalariga O‘zbekiston aholisining qiziqishi ortib borishiga ishonamiz va yaqin vaqt ichida buning bevosita guvohiga aylanamiz”, — deya ta’kidladi Toshkent fond birjasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Bekzod Usmonov.

Freedom Finance IKning O‘zbekistondagi birinchi loyihasi Qo‘qon mexanika zavodining aksiyalarini ommaviy taklif etish (SPO) bo‘ladi. Ushbu axborotni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2018-yilning aprelida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga ishora qo‘rinishida tarqatdi.

Kompaniya aksiyalarini joylashtirish vaqtida har bir o‘zbekistonlik kompaniyaning amaldagi aksionerlaridan zavod aksiyalarini xarid qilib olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan holda o‘zlarini investor sifatida sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Joylashtirilayotgan aksiyalarning miqdori va ularning bahosi keyinroq aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют