» » UzReport 22-fevral kuni ketma-ketlikda “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rsatadi

UzReport 22-fevral kuni ketma-ketlikda “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rsatadi


Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Ispaniya La ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini sotib olgan UzReport telekanali 22-fevral — chorshanba kuni bu imkoniyatidan to‘liq foydalanadi.

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Yevropa ligasining “Sent-Etyen”ga qarshi javob uchrashuvini 22-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlaydi. UzReport o‘yindan jonli translyatsiya qiladi.

Ispaniya La ligasida peshqadam bo‘lib turgan Madridning “Real” klubi raqobatchilaridan ikkita kam o‘yinda maydonga tushgan. Ertaga “Qirollik klubi” shularning bittasini “Valensiya”ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 22:45 da start oladi. Shundan kelib chiqib, “MYu” ishtirokidagi o‘yinning birinchi bo‘limi yakuniga yetishi bilan UzReport “Mestalya” stadioniga ulanadi.

Fransiyadagi to‘qnashuvda ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan UzReport “MYu”ga qaytadi, “Real” ishtirokidagi o‘yinning xavfli vaziyatlari, gollari va boshqa kulminatsiyalarini o‘rtada telemost shaklida ko‘rsatadi. Shundan keyin “Valensiya” — “Real Madrid” o‘yinining ikkinchi bo‘limi to‘liq olib beriladi.

Soat 00:45 dan boshlab esa UzReport e’tiborini Yevropa Chempionlar ligasiga qaratadi hamda “Portu” — “Yuventus” to‘qnashuvini efirga uzatishni boshlaydi. Bu haqda telekanalning “Sport” studiyasi bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov o‘zining Twitter akkauntida aytib o‘tgan.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют