» » ?Namanganda valyutafurushlar qo‘lga olindi

?Namanganda valyutafurushlar qo‘lga olindi


11-sentabr, seshanba kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkorda, Namangan shahrida yashovchi fuqarolar D.B. va M.D.lar Namangan tumani “Eshobod” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 7200 AQSh dollarini 56 million 880 ming so‘mga kelishib, shundan tezkor tadbir ishtirokchisiga 42 million 580 ming so‘m pullarni berib, 7200 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi? xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, 2018-yil 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar D.B. va M.D.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish: b) ko‘p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют