» » Chaqaloqlarning jinsi “o‘zgarib qolgan”, tug‘uruq vaqtida 20 yoshli kelinchak vafot etgan Samarqand perinatal markazi direktori ishdan olindi

Chaqaloqlarning jinsi “o‘zgarib qolgan”, tug‘uruq vaqtida 20 yoshli kelinchak vafot etgan Samarqand perinatal markazi direktori ishdan olindi


So‘nggi vaqtlarda Samarqand shahridagi viloyat perinatal markazida ketma-ket noxush voqealar sodir bo‘lmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar berdi.

Hali Gippokrat qasamini ichgan shifokor pora bilan qo‘lga tushsa, hali doyalarning aybi bilan murg‘ak chaqaloqlarning “jinsi” o‘zgarib qoladi. Yaqinda shifoxonada sodir bo‘lgan yana bir xunuk hodisa ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi: tug‘uruq vaqtida 20 yoshli kelinchak vafot etdi. Shu kabi holatlar tufayli markaz direktori ishdan olindi.

Bugungi kunda tibbiyot muassasasining rahbari vazifasini direktorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bajarmoqda.

Shifoxona hududida bahorda o‘tqazilgan archa ko‘chatlari, anvoyi gullar suvsizlikdan quriy boshlabdi. Kirish darvozasi boshqa joyga ko‘chirilgani tufayli bemorlarning yaqinlari eski darvoza yonidagi panjaralar ustidan yoki uning orasidan o‘tib, dorixonalarga bormoqda. Ichimlik suv uch kundan beri tez-tez o‘chirib qo‘yilayotgan ekan.

Ikki oy ilgari tug‘uruqxonaga murojaat qiluvchi homiladorlar ko‘payganligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan og‘ir ahvoldagi bemorlar kelib, ayrimlari yo‘laklarda ham o‘z navbatlarini kutishgan edi. Birgina joriy yilning avgust oyida markazda 788 ta tug‘uruq qayd etilgan.

— Markazimizga bir kunda yuzdan ortiq homilador ayollar murojaat qiladi, – deydi neonatologiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sanobar Xo‘jayeva. — Kuniga qirqdan ziyod tug‘ruqni qabul qilamiz. Taqsimot bo‘yicha asosan Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Paxtachi va Nurobod tumanlaridan kelgan homiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishimiz kerak. Ammo boshqa tumanlardan kelgan ahvoli og‘ir bemorlarni ham qabul qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, Urgut va Toyloq tumanlaridan murojaat qiluvchilar ko‘p. Shifoxonamiz 190 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ayni paytda 254 bemor davolanmoqda. Shahrimizdagi ayrim tug‘uruqxonalar vaqtinchalik ishlamayotganligi sababli ham bizga murojaat qiluvchilar ko‘payib ketdi.

Markazda tug‘uruqlarning ko‘pligi sababli dori-darmon ta’minotida ham yetishmovchiliklar mavjud. Reanimatsiya bo‘limida Vela uskunasi, kardiomonitor, narkoz beruvchi, jarrohlik bo‘limida esa EKG, elektroso‘rg‘ich hamda jar­rohlik stollari yetishmaydi. Ayni vaqtda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limida chala tug‘ilgan chaqaloqlarga yordam beruvchi 20 ta Sepap usku­nasi o‘rniga 5 tasi ishlab turibdi. Shuningdek, muassasaga qattiq va yumshoq jihozlar zarur.

Chaqaloqlar bo‘limidagi UTT xonasida o‘nga yaqin ayollar navbat kutib turibdi. Bitta bemorni tekshirib, unga xulosani yozib bergunicha 5-10 daqiqa vaqt sarflanadi. Dilfuza Qilicheva shu yerda UTT vrach-mutaxassisi bo‘lib ishlaydi. Bir kunda 50-60 ga yaqin ayollarni tekshirib, homilasi holatini aniqlab berishiga to‘g‘ri kelmoqda.

— Uskunalarimiz ancha eskirgan, yangisini olish uchun o‘z takliflarimizni bergan edikYangi raqamli uskunalar bo‘lsa, ikki barobar ko‘proq bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishimiz mumkin bo‘ladi. Shunda turnaqator navbatlar ham bo‘lmasdi. Ko‘chma UTT yo‘qligi tufayli qavatma-qavat yurib, og‘ir bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelamiz,—deydi D.Qilicheva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют