» » Qozog‘iston oltin zaxirasi hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi

Qozog‘iston oltin zaxirasi hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi


Qozog‘iston 2018-yilda oltin zaxirasi bo‘yicha 15-o‘rinni egallab, Sausiya Arabistonini ortda qoldirdi, deb yozadi Tengrinews Qozog‘iston Milliy bankiga tayanib.

2018-yil boshidan buyon bank mahalliy ishlab chiqaruvchilardan qariyb 33 tonna affinaj qilingan oltin sotib olgan.

“Qozog‘iston Milliy bankining oltin portfeli 2018-yil 10-sentabr holatiga ko‘ra, 12,8 milliard dollar ekvivalentidagi 333 tonnanini tashkil qiladi”, — deyiladi bank xabarida.

Ta’kidlanishicha, 2018-yil boshidan buyon dunyo birjalarida oltin kotirovkalari salkam 8 foizga tushib ketgan, ammo oltin narxi o‘sishi kutilmoqda. So‘nggi 5 yilda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning oltin zaxirasida o‘sish kuzatilmoqda. Ushbu davrda Rossiya, Turkiya, Xitoy va Qozog‘iston markaziy banklari eng faol oltin sotib oluvchilar bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют