» » Oliy Majlis sobiq spikeri Dilorom Toshmuhamedova yangi lavozimga tayinlandi

Oliy Majlis sobiq spikeri Dilorom Toshmuhamedova yangi lavozimga tayinlandi


Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuhamedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Qayd qilinishicha, Dildora Mirsabitovna Karimova va Dilbar Mag‘ribjonovna Alimjonova markaz direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Dilorom Toshmuhammedova 2008-yildan 2013-yilga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri lavozimida ishlagan.

“Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют