» » Baliqlarning mo‘lligi Argentinaga millionlab pingvinlarni chorladi

Baliqlarning mo‘lligi Argentinaga millionlab pingvinlarni chorladi


Argentinaning Punta Tombo yarimoroli qirg‘oqlariga bir milliondan ortiq magellan pingvinlari suzib keldi. Mayda baliqlarning noodatiy mo‘lligi pingvinlarni yarimorolga chorladi. Bu haqda AP nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, pingvinlarning bunday soni magellan pingvinlari uchun so‘nggi yillardagi rekord natija sanaladi. Qirg‘oq bo‘yidagi mayda orollar sardiniya va anchous kabi baliq turlarining ko‘payishi uchun juda qulay hisoblanadi. Baliqlarning mo‘l-ko‘lligi ko‘p sonli pingvinlarni o‘ziga jalb qildi.

Odatda, pingvinlar Argentina va Chilining janubiy qirg‘oqlariga sentabr–oktabr  oylarida suzib keladi va shu yerda bolalari katta bo‘lguncha qoladi. Mart oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda pingvinlar shimolga, Braziliyaning janubi-g‘arbiy qismigacha ko‘chib boradi.

Magellan pingvinining bo‘yi 80 santimetrgacha yetadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют