» » Erdo‘g‘on ko‘chmas mulkni valyutada xarid qilishni taqiqladi

Erdo‘g‘on ko‘chmas mulkni valyutada xarid qilishni taqiqladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xorijiy valyutada imzolangan barcha ijara shartnomalar va ko‘chmas mulk oldi-sotdi hujjatlarini turk lirasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 13-sentabr kuni Anadolu xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Turkiya fuqarolari o‘rtasida oldi-sotdi, ijara, ko‘char va ko‘chmas mulk lizingi shartnomalari imzolanganda, tomonlarning to‘lov majburiyatlari xorijiy valyutada belgilanmaydi.

Farmonga muvofiq, qayta hisoblash 30 kun ichida amalga oshiriladi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya fuqarolarini dollar va yevrolarni liraga almashtirishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют