» » JCh—2018 chempioni “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etdi

JCh—2018 chempioni “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etdi


“Atletiko Madrid”ning fransiyalik himoyachisi Lyuka Ernandesning “Manchester Yunayted”ga amalga oshmay qolgan transferi borasida tafsilotlar ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli fransuz uchun bir vaqtning o‘zida Manchesterning ikki jamoasi — “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgan.

“Yunayted” esa futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 80 million yevrolik tovon pulini to‘lab, transferni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, Lyuka klubga o‘tganida maoshi ikki barobar oshirilgan bo‘lardi. Ammo Ernandes Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan klubga o‘tishdan bosh tortgan.

Ta’kidlash joiz, Lyuka ayni damda “Barselona” hamda “Real” jamoalari e’tiborida bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют