» » Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko “Amkodor-Agrotexmash” qo‘shma korxonasi ochilishida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko “Amkodor-Agrotexmash” qo‘shma korxonasi ochilishida ishtirok etdi


Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan “Amkodor-Agrotexmash” qo‘shma korxonasini ochdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Umumiy qiymati 33 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018—2021 yillarga mo‘ljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019-yilda 22 foiz, 2021-yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.

Davlat rahbari mahsulot turlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta’kidladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini mintaqadagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi.

Shu yerda qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskavatorlar namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют