» » Jurnalist G‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jurnalist G‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2017-yil 21-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Cho‘lpon” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiyot uyi bilan hamkorlikda nashr etilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

G‘ulom Mirzo turli dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan o‘zbek o‘quvchisiga yaxshi tanish. Istiqlol yillarida uning “Obod mahalla – obod mamlakat taraqqiyoti kafolati”, “Konstitutsiya va ma’naviyat”, “Konstitutsiyamiz – buyuk Hayot qomusimiz”, shuningdek, “O‘zbekiston konstitutsiyaviy davlat sari”, “Saylovlar va ommaviy axborot vositalari” hamda “Demokratik va xalqchil Qomus” (A.Saidov bilan hammualliflikda), “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va ommaviy axborot vositalari” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ommaviy axborot vositalari” (S.Xidirov bilan hammualliflikda) kabi kitob va risolalari nashr etilgan.

Muallifning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli to‘plami ikki kitobdan iborat. To‘plamning birinchi kitobi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligiga, ikkinchi kitob O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning so‘nmas xotirasiga bag‘ishlangan.

Birinchi kitobda muallifning qariyb 25 yil davomida davriy matbuotda e’lon qilingan publitsistik maqola, sharh va reportajlarining salmoqli qismi jamlangan. Ikkinchi kitobdan rang-barang mavzulardagi tahliliy maqolalar, shuningdek, turli soha mutasaddilari va yetakchi mutaxassislar bilan intervyular joy olgan. Har ikki kitob tarkibidagi o‘nta fasl, 19 ta bob, 203 ta mavzu, jami qariyb 1100 sahifa – bularning barchasi keyingi chorak asr davomida turli sohalarida amalga oshirilgan ezgu ishlarning muallif imkoni darajasidagi xolis va kamtarin talqinidir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют