» » Toshkentlik shaxs Xorazm shakar zavodi aksiyalarining 99,4 foizini sotib oldi

Toshkentlik shaxs Xorazm shakar zavodi aksiyalarining 99,4 foizini sotib oldi


Toshkentlik Toshev A.R. Xorazm shakar zavodi aksiyalarining 99,4 foizini sotib oldi, deb yozadi Spot Respublika fond birjasi ma’lumotlariga tayanib.

Aksiyalar birjaga avgust oxirida 2,84 million donna hajmida joylashtirilgan edi. So‘nggi oldi-sotdi bitimi chog‘ida aksiyalarning birjadagi va nominal qiymati bir donasi uchun 5 ming so‘mni tashkil qilgan, bozor kapitalizatsiyasi 14,2 milliard so‘mga teng bo‘lgan.

Oldi-sotdi bitimi natijasida Toshev korxona ustav kapitalining 99,4 foizi yoki 2,83 millionta aksiya egasiga aylandi.

Ekspert nashrga ma’lum qilishicha, 2017-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya 56,5 milliard so‘mdan ortiq sof daromad olgan, tushumi 817,9 milliard so‘m, kapitali esa 55,6 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Ammo 2018-yilning birinchi yarim yilligida kompaniya savdoni deyarli to‘liq to‘xtatib qo‘ygan va moliyaviy daromadlar hisobidan 1,6 milliard so‘mgina daromad olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют