» » O‘zbekistonda xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qaror bilan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga ko‘ra, shtatda oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning bo‘lishi litsenziya talablaridan hisoblanadi.

Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatlar ishchi organ – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o‘n ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Quyida fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash bosqichlari keltirilgan:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют