» » O‘zbekistonda ilk bor Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkaziladi


AQSh xalqaro miqyosda e’tiborga sazovor biznes tadbir — sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumini ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan ushbu tadbir joriy yil 17—18-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyo savdo forumi biznes jamiyatiga istiqbolda 70 milliondan oshiq mijozi mavjud mintaqaning rivojlanayotgan bozorlaridagi yangi imkoniyatlar bilan tanishishga imkon beradi. O‘tgan yili Olmaotadagi forum 18 mamlakatdan 1100 dan ortiq qatnashchini yig‘di.

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 2011-yilda o‘tkazilgan birinchi forumda esa Osiyo, AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqdan kelgan korxona rahbarlari, davlat arboblari va mutaxassislar g‘oyalar almashish, shartnomalar tuzish va kelajakdagi hamkorlik uchun yangi sherikchilik yaratish uchun ushbu forumdan foydalangan.

Bu yil “Savdo va investitsiyalarni rivojlantirishda yangi istiqbollar” deb nomlangan forum Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro savdo uchun ochilib borayotganini aks ettiradi. Forum bilan bir paytda savdo ko‘rgazmasi ham bo‘lib, unda butun mintaqadagi turli tarmoqlar, jumladan, transport, turizm, axborot texnologiyalari, asbob-uskuna ishlab chiqarish, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash kabi yo‘nalishlardagi korxonalar ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют