» » Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari 12 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi

Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari 12 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi


Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari Otabek Axtamov 3-sentabr kuni DXX xodimlari tomonidan 12 ming AQSh dollar olayotgan paytda qo‘lga tushirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Otabek Axtamov Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, viloyat sud-huquq komissiyasi Kengashi raisi, viloyat korrupsiyaga qarshi kurash raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Samarqand viloyat prokuraturasi matbuot xizmati tomonidan Otabek Axtamov pora bilan qo‘lgan tushganligi tasdiqlandi.

Otabek Axtamov Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining sessiyalarida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi faoliyatini tanqid qilib, tergovdagi shaxslarga qiynoq qo‘llash masalasini ko‘tarib, bu holni keskin tanqid ostiga olib olgan edi.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 11:11)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют