» » AQSh xitoylik musulmonlarni sanksiyalar orqali himoya qilmoqchi

AQSh xitoylik musulmonlarni sanksiyalar orqali himoya qilmoqchi


AQSh Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi musulmon uyg‘urlarga zulm o‘tkazilishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli, Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Reuters Davlat kotibi Mayk Pompeoning yordamchisiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va choralar ko‘rishga tayyor.

Avvalroq The New York Times uyg‘urlarning siyosiy ta’lim bo‘yicha qayta tarbiyalash lagerlarida hibsda saqlanishi haqidagi xabarlar tufayli, yuqori mansabli amaldorlarga sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, choralar hududda lagerlar qurish yoki o‘z ichiga biologik materiallar va DNK namunalarini yig‘ishni oluvchi kuzatuv tizimlarini o‘rnatishda qatnashayotgan Xitoy kompaniyalariga nisbatan ham ko‘riladi.

Oq uyda sanksiyalar bir necha oylar mobaynida muhokama qilinib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют