» » “Dushanbe—Toshkent” aviareysi amalga oshmagani uchun Somon Air’ning tijorat ishlari bo‘yicha direktori lavozimidan chetlatildi

“Dushanbe—Toshkent” aviareysi amalga oshmagani uchun Somon Air’ning tijorat ishlari bo‘yicha direktori lavozimidan chetlatildi


“Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam reysning amalga oshmay qolgani uchun Somon Air aviakompaniyasining tijorat ishlari bo‘yicha direktori Alisher Rustamov va bir qator javobgar xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Aviakompaniya tomonidan tarqatilgan rasmiy xabarnomada qayd etilishicha, ular bir qator hujjatlarni O‘zbekiston tomoniga “o‘z vaqtida” yubormagani uchun aybdor deb topilgan.

“Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi texnik reys 10-fevral kuni amalga oshirilgan va parvoz muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Shu kuni Somon Air’ga 20-fevraldan boshlab Toshkent aeroportiga parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma taqdim etilgan.

Biroq, “Toshkent—Dushanbe” yo‘nalishi bo‘ylab qayta reysni amalga oshirishi kerak bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan ma’lum qilishlaricha, parvozdan bir kun avval Tojikiston tomoni “muntazam reyslar uchun emas, balki charter reyslar” uchun so‘rov yuborgan.

“Bundan tashqari, parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha ruxsat berish masalasi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati va mamlakat havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi”, — deyiladi O‘zbekiston tomoni bayonotida.

Tojikiston nashrlarining qayd etishicha, hozirgi vaqtda aviakompaniyalar qolgan texnik masalalarni hal etmoqda va O‘zbekiston poytaxti sari birinchi samolyot “yaqin kunlar ichida” parvoz qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют