» » O‘zbekistonda chegara hududlarda o‘rmondan foydalanish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda chegara hududlarda o‘rmondan foydalanish tartibi belgilandi


Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va o‘rmon xo‘jaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan chegara zonasi va chegara mintaqasida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish tartibi hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining harbiylashgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, chegara zonasida va chegara mintaqasida o‘rmondan foydalanish tartibi belgilandi.

Unga binoan, mazkur hududlarda o‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtincha, shuningdek umumiy yoki maxsus bo‘lishi mumkin.

O‘rmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, qonunchilikda nazarda tutilgan foydalanish turlari bo‘yicha, maxsus foydalanish esa to‘lov asosida amalga oshiriladi.

O‘rmondan maxsus foydalanuvchilar ichki ishlar organlari va chegara qo‘shinlarining tegishli ruxsatnomalarini belgilangan tartibda olgandan so‘ng ushbu huquqqa ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq joylarga turistlarning kirishi (o‘tishi), vaqtincha yashashi va harakatlanishi uchun elektron ruxsatnoma berish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, 2019-yildan boshlab davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining chegara zonasi va chegara mintaqasida ishlovchi xodimlarining oylik lavozim maoshiga 30 foizlik qo‘shimcha ustama, qo‘shimcha 15 nafar xodim (o‘rmonchi, yeger, inspektor), jami 360 nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimni ta’minlash uchun mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют