» » Namangan muhandislik-texnologiya institutida amerikalik professor-o‘qituvchilar saboq berishni boshladi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida amerikalik professor-o‘qituvchilar saboq berishni boshladi


Namangan muhandislik-texnologiya institutiga yangi o‘quv yili boshida AQShdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan ikki nafar malakali mutaxassis dars berishni boshladi. Bu haqda “Daryo”ga oliy o‘quv yurti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani institutning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishi talabalari uchun “O‘simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Olim agrar soha professor-o‘qituvchilari uchun o‘z tajribalaridan kelib chiqib mahorat saboqlari ham o‘tib berdi.

Dars mashg‘ulotlari bilan birgalikda AQSh va Hindistonning yetakchi ta’lim muassasalari hamda institut o‘rtasida video-konferensiya ham o‘tkazilib, o‘zaro tajriba va fikrlar almashildi.

Shuningdek, AQShning Kolumbiya universitetidan taklif etilgan ekspert-o‘qituvchi Benjamin Arensteyn yil davomida institut talabalariga ingliz tilidan saboq beradi va professor-o‘qituvchilar uchun master-klasslar tashkil etib boradi.

Ma’lumot uchun, joriy yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutiga Malayziya, Rossiya, Janubiy Koreya, Portugaliya kabi davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan o‘nlab olim tashrif buyurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют