» » Toshkent xalqaro aeroporti xodimi yo‘lovchining chamadonidan 250 ming so‘m pulni o‘g‘irladi

Toshkent xalqaro aeroporti xodimi yo‘lovchining chamadonidan 250 ming so‘m pulni o‘g‘irladi


“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchining chamadonidan 250 ming so‘m pul o‘g‘irlangan. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi, deb yozadi Uz24.

Joriy yilning 18-avgust kuni “Islom Karimov” xalqaro aeroportida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘iga ariza kelish tushgan. Arizaga ko‘ra fuqaro A. 2018-yilning 18-avgust kuni Toshkent—Buxoro aviareysi bilan Buxoro xalqaro aeroportiga borganligini, yuklarni qabul qilganda yuklar ichida 250 ming so‘m pullarning mavjud bo‘lmaganligi va bu holat yuzasidan pullarni topishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab ariza yozgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv davomida 250 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini 3-terminal Toshkent xalqaro aeroporti texnik xodimi fuqaro S. tomonidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют