» » Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan qutladi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan qutladi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedovni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari Sergey Rumas, Bakitjan Sagintayev, Muhammadqaliy Abilgaziyev va Abdulla Aripov tabrikladi”, — deyiladi xabarda.

Hukumat rahbarlarining muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari tilga olindi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH doirasida rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Medvedev 14-sentabr kuni 53 yoshga to‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют