» » Pokistonda Samarqandning tarixiy yodgorliklari haqida film namoyish qilinadi

Pokistonda Samarqandning tarixiy yodgorliklari haqida film namoyish qilinadi


Pokistonning MIDAS Group kompaniyasi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi, deb yozadi “Zarnews.uz”.

Mehmonlarni viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev hamda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari kutib oldi.

Mazkur kompaniya Pokistonning kommunikatsiya, reklama va axborot xizmatlarining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi. Ular tashrifining asosiy maqsadi viloyatda mavjud qadamjo va tarixiy obidalar haqida film yaratishdir. Bu orqali esa pokistonlik sayyohlar sonini oshirish, viloyatning erkin iqtisodiy zonalariga investitsiya kiritish va hamkorlikda ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, eng muhimi, tovar ayirboshlashni yuqori darajaga olib chiqishdan iborat.

“Yurtingizga tashrifimiz faqat bir maqsadga qaratilgan, u ham bo‘lsa do‘stona hamkorlikda ishlash va istiqbolli rejalarni amalga oshirish”, — deydi MIDAS Group kompaniyasi rahbari Ashfaq Ahmad Gondal. Buning uchun respublikangizning har bir hududida yetarli sharoit bor. Eng muhimi, davlatingiz rahbari bildirayotgan ishonch va berayotgan imkoniyatdan mamnunmiz. Biz Toshkent, Buxoro va Xorazmda ham bo‘ldik va shunga amin bo‘ldikki, Samarqandning mahobatli va jozibali obidalari boshqa joyda uchramaydi. Urf-odat va an’analari, ayniqsa, nonlarining ta’mi tahsinga loyiq”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют