» » Myanmalik erkak qornidagi jarrohlik asbobi bilan 26 yil yashadi

Myanmalik erkak qornidagi jarrohlik asbobi bilan 26 yil yashadi


Myanmada shifokorlar erkakning qorin bo‘shlig‘idan 26 yil avval boshqa operatsiya vaqtida unutib qoldirilgan 15 santimetrli jarrohlik asbobini chiqarib oldi. Bu haqda Coconuts xabar berdi.

Shu o‘tgan vaqt ichida erkak kuchli og‘riqlardan azob chekkan. Uning oilasi avvalgi operatsiyani o‘tkazgan jarrohga topilma haqida aytib bergan, biroq shifokor aybni tan olmagan.

Jarroh hodisada operatsiyadan keyin asboblarni tozalashi kerak bo‘lgan hamshiralarni ayblagan. Bundan tashqari, shifokor o‘sha vaqtdagi ish sharoitlaridan shikoyat qilgan va elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli operatsiyani fonar yordamida qilganini aytgan.

Bemorning qarindoshlari Myanma Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgan va barcha tibbiy hujjatlarni topshirgan. Tekshiruvni bir oydan ko‘proq kutishga to‘g‘ri kelgan. Ikkala operatsiya o‘tkazilgan kasalxonalarga vaziyatni o‘rganish uchun ekspertlar yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют