» » Toshkentda piyodaga eslatma yozilgan o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi (foto)

Toshkentda piyodaga eslatma yozilgan o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi (foto)


14-sentabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida respublikada ilk bor yozuvli piyodalar yo‘lakchasi paydo bo‘ldi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Baynalmilal ko‘chasi Mehribonlik uyining qarshisidagi Baynalmilal-Bunyodkor chorrahasidagi piyodalar yo‘lakchasida telefon va naushniklardan foydalanmaslik bo‘yicha o‘ziga xos eslatma tarzida yozuv qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimining ma‘lum qilishicha, bu hukumat qarori bilan belgilangan — haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” doirasida amalga oshirildi.

Shu kuni hududlarda YPX xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va piyodalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkaziladi, bukletlar tarqatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют