» » Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Venesuelaga harbiy hujum ehtimolini istisno etmadi

Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Venesuelaga harbiy hujum ehtimolini istisno etmadi


Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Luis Almagro Venesuelaga harbiy bostirib kirish ehtimoli borligini inkor etmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Nikolas Maduroni ag‘darish uchun harbiy hujumga kelsak, biz hech qanday variantni istisno qilmasligimiz kerak”, — deydi Almagro.

Almagro bu haqda Kolumbiyaning Venesuela bilan chegaradosh Kukuta shahrida aytgan. Amerika davlatlari tashkiloti rahbari u yerga Venesueladan o‘tayotgan qochoqlar bilan bog‘liq holatni o‘rganishga borgan.

Almagroning so‘zlariga ko‘ra, Kukutadagi vaziyat “Venesuela diktaturasining yolg‘onchiligi”ni ko‘rsatadi.

BMT hozirda 2,3 million kishi Venesueladan qochib ketganini ma’lum qilgan. Kolumbiyaning o‘zida ularning soni milliondan oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют