» » Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ilavozimiga tayinlandi

Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ilavozimiga tayinlandi


Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Ushbu lavozimni Adhamjon Tillavoldiyev egalladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Adhamjon Tillavoldiyev1965-yilda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1986-yilda Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan boshlab, 2002—2017-yillar davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, xo‘jalik birlashma rahbari va Farg‘ona viloyati hokimligida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2018-yilning yanvar oyidan sentabriga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют