» » Volkswagen “Qo‘ng‘iz”dan voz kechishga qaror qildi

Volkswagen “Qo‘ng‘iz”dan voz kechishga qaror qildi


Volkswagen of America kompaniyasi Beetle (“Qo‘ng‘iz”) modelining ishlab chiqarilishini to‘xtatishi haqida ma’lum qildi. Kompaniya xabarida aytilishicha, ishlab chiqarish 2019-yilda to‘xtatiladi. Bu vaqtda Final Edition SE va Final Edition SEL nomli ikkita yangi modelning ishlab chiqarilishi boshlanadi.

Volkswagen of America prezdentining ma’lum qilishicha, kompaniya oila uchun mo‘ljallangan avtomobillar ishlab chiqaruvchisiga aylanmoqchi. Klassik “Qo‘ng‘iz” bu yo‘nalishga to‘g‘ri kelmaydi, biroq avtomobil dunyosining haqiqiy ramzi bilan xayrlashishni tantanali nishonlashga qaror qilingan.

Meksikadagi zavodda ikkita so‘nggi model ishlab chiqariladi, ularning har biri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi — kabriolet va kupe. Final Edition SE ning narxi 23 045 dollardan boshlanadi, Final Edition SEL esa 25 995 dollardan sotuvga chiqariladi.

“Qo‘ng‘iz”ni ishlab chiqarish 1938-yilda boshlangan. Model AQShga 1949-yilda kelgan. Jami bu rusumdagi 21,5 million mashina sotilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют