» » “Tashabbus—2018” tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Tashabbus—2018” tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi


Samarqand shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus—2018” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, unda 70 ga yaqin tadbirkor va hunarmand o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etgan.

Tanlov ishtirokchilarining faoliyati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyati, iqtisodiy holati kabi mezonlar bo‘yicha hay’at a’zolari tomonidan baholanib, munosib nomzodlar g‘olib, deb e’lon qilindi. Shuningdek, qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Jumladan, “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha Sam Ferre kompaniyasi rahbari Akmal Ahmedov, “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha DiliMah Premium Luxury kompaniyasi raisi Musinbek Mahmudov, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari Kamol Alikov, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishi bo‘yicha yog‘och o‘ymakori Mansur Asadov g‘olib deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют