» » Jomboyda pomidor kombaynda terib olinmoqda

Jomboyda pomidor kombaynda terib olinmoqda


Samarqand viloyatining Jomboy tumanida paxta maydonlari keskin qisqartirilib, g‘alla, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, zamonaviy issiqxona xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

2016-yilda tumandagi “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligida 350 gektar maydonda pomidorning intensiv navlari yangi usulda ekilib, parvarishlandi.

Italiyadan keltirilgan maxsus seyalka yordamida urug‘ tarzida ekilgan pomidorning gektaridan o‘rtacha 80 tonnadan hosil olindi.

To‘qson kunda pishib yetilgan hosil Germaniyadan keltirilgan maxsus kombaynlar yordamida terib olindi va qayta ishlanib, xorijga eksport qilindi. Bu yil xo‘jaligimizda yana ham ko‘proq maydonda yangi usulda pomidor yetishtirish va hosildorlikni 100 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

I.Tursunov, “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi

O‘tgan yili tumandagi 22 fermer xo‘jaligining 20 gektar yerida yangi ekin turlari – pasternak, sikori, keyl karami, yashil qovoqcha, pirey piyozi (lukpari), brokli karami sinovdan o‘tkazildi.

Yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi korxonalarda qayta ishlanib, xorijga eksport qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют