» » O‘zbekistonda 2019-yilda shoshilinch tibbiy yordam uchun 200 ga yaqin maxsus transport xarid qilinadi

O‘zbekistonda 2019-yilda shoshilinch tibbiy yordam uchun 200 ga yaqin maxsus transport xarid qilinadi


O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasi takomillashib bormoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

2017-yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1 269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilingan va hududlarning ushbu texnikaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplangan.

Bundan tashqari, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash 3 barobarga ko‘paygan, har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilangan.

“Joylardagi tez tibbiy yordam brigadalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari avtoparkini takomillashtirish maqsadida 2019-yili yana 200 ga yaqin maxsus transport xarid qilish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют