» » Samarqandga sakkiz oyda 185 ming chet ellik sayyoh tashrif buyurdi

Samarqandga sakkiz oyda 185 ming chet ellik sayyoh tashrif buyurdi


Samarqand shahriga 2018-yilning yanvar—avgust oylarida 185 ming nafar chet ellik sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda, Samarqand viloyat IIBga asoslanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum qilishlaricha, 2018-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida Samarqand shahriga xorijdan 185 ming nafar, O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan esa 1,2 million nafar mehmon tashrif buyurgan.

Taqqoslash uchun, 2017-yilning yanvar— avgust oylarida Samarqandga 45 ming chet ellik, 350 ming o‘zbekistonlik sayyoh tashrif buyurgan edi.

Hozirgi vaqtda Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bir necha tillarda suhbatlasha oladigan, zarur vaqtda turistlarga yordam ko‘rsatishga tayyor 45 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

“Shuningdek, xodimlarning o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirishi uchun Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlari bilan ham shartnomalar tuzilgan”, — deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati axboroida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют