» » O‘zbekistonda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekistonda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi


O‘zbekistonda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonda olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida kasallikni skrining qilish metodologiyasini o‘rganish bo‘yicha ekspertlar guruhi tuzilgan.

Ekspertlar guruhi tarkibida taniqli chet ellik olim Yakov Paxomov ham bor. “Paxomov tomonidan ishlab chiqilgan qandli diabet ikkinchi turini skrining qilish loyihasi hozirda Yevropa davlatlari va Rossiyada kasallikning oldini olish va erta aniqlash bo‘yicha samarali uslub sifatida muvaffaqiyat qozongan va inson salomatligini asrashda muhim natija bermoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yakov Paxomov boshchiligidagi xorijlik nufuzli ekspertlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya kuni kecha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan uchrashgan.

Uchrashuvda qandli diabet kasalligi, xususan, uning ikkinchi turini erta aniqlashda Yakov Paxomov tomonidan ilgari surilayotgan O‘zbekiston aholisini qandli diabetning ikkinchi turiga skrining tekshiruvidan o‘tkazish loyihasi yuzasidan fikr almashilgan.

“Mazkur loyiha 2018-yil oktabridan boshlanadi. Dastlab Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanida, Buxoro shahri hamda G‘ijduvon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tajriba loyihasi amalga oshiriladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda qandli diabetning ikkinchi turini skrining qilish loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda tajriba sifatida belgilangan hududlarda O‘zbekiston uchun to‘g‘ri va maqbul usulni aniqlab olishga e’tibor qaratiladi.

Buning uchun aholi o‘rtasida skrining tekshiruvlari amalga oshiriladi va ularda qandli diabetning ikkinchi turini erta aniqlashga qaratilgan turli yondashuvlar testdan o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqichda aniqlangan samarali usullar asosida O‘zbekiston miqyosida tibbiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют