» » UzCard’da texnik nosozlik. Vaqtincha plastik karta orqali to‘lovlar qilib bo‘lmaydi

UzCard’da texnik nosozlik. Vaqtincha plastik karta orqali to‘lovlar qilib bo‘lmaydi


UzCard faoliyatida vaqtinchalik texnik nosozliklar yuz berdi. Bu haqda, UzCard kompaniyasiga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

“Texnik nosozliklar munosabati bilan 15-sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM-qurilmalari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmayapti”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalroq onlayn-to‘lov servislari plastik kartalar faoliyatida uzilishlar yuz berayotganini ma’lum qilgandi. Xususan, Payme o‘z sahifasida texnik nosozlik haqida yozgandi.

“Yagona umumrespublika protsessing markazi faoliyatidagi texnik nosozlik munosabati bilan hozirgi vaqtda foydalanuvchi kabinetida pul mablag‘larining balansi vaqtincha noaniq ko‘rsatilmoqda, shuningdek, dastur orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin”, — deb yozgandi Payme.

Toshkentdagi do‘konlarning vakillari ham terminallar karta orqali to‘lovlarni qabul qilmayotganini ma’lum qilgandi. Kartalarning egalari esa xaridlarni amalga oshira olmayotganidan norozilik bildirgan edi.

UzCard yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, kompaniya mutaxassislari tizim faoliyatini qayta tiklash uchun hozirda qo‘lidan kelgan barcha choralarni ishga solayotganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют