» » Tadbirkor Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochishni taklif qildi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Tadbirkor Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochishni taklif qildi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi


Toshkent shahar hokimligida 15-sentabr kuni navbatdagi “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati. Unda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan tashqari O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham 40 dan ortiq loyihalar bilan tanishgan.

“Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obyektlari, xususan zamonaviy mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va ko‘ngil ochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarini barpo etishni ko‘zda tutadi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida.

Tadbirda Inter Aviaservis kompaniyasi asoschisi Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochish taklifini ilgari surgan. Tadbirkor ko‘p yillar davomida avialaynerlar bozorini o‘rganib, chiptalarni sotish, parvozlar va yo‘nalishlar sonini o‘rganib chiqqan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar bilan A-320 va A-321 samolyotlarini lizing asosida sotib olish bo‘yicha shartnomalar mavjud. “Jahongir Ortiqxo‘jayev investorning taklifini qo‘llab-quvvatlab, hokimiyatdan barcha zurur ko‘mak berilishini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, uchrashuvda taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati 5 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ularning amalga oshirilishi 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishini ta’minlaydi. “Tadbirda loyihalarning qariyb 90 foizi ma’qullandi”, — deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют